Etti yoshli qizaloq 80 kilogramm ogʻirlikdagi shtangani koʻtardi

13:58 10 Dekabr 2020 Dunyo
2042 0

Oʻz vaznidan deyarli uch barobar ogʻirlikdagi shtanga bilan mashq bajaradigan kanadalik qiz “dunyodagi eng kuchli qiz” deb topildi. Bu haqda “Daily Mail” xabar bermoqda.

Ottavalik yetti yoshli Rori van Ulft yaqinda 30 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 11 va 13 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasida AQSHning eng yosh chempioni boʻldi. 

U ogʻir atletika bilan shugʻullanishni besh yoshida boshlagan va mashgʻulotlarga haftasiga toʻrt soatdan vaqt sarflagan. Shuningdek, Roni van Ulft gimnastikani yaxshi koʻradi va gimnastika mashgʻulotlariga haftasiga toʻqqiz soat vaqt ajratadi.

«Rori nafaqat hozirgi kundagi, balki tarixdagi yetti yoshli bolalar orasida ham eng kuchlisidir. Bunday deyishga yetarli dalillar mavjud», deydi uning otasi Kavan van Ulft.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер