YTTB 2023 va 2024-yillarda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 6,5 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda

18:01 16 May 2023 Iqtisodiyot
1136 0

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston, iqtisodiyoti 2023-yilda oʻrtacha 5,2 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda.

Markaziy Osiyo mintaqasi 2024-yilda 5,4 foiz atrofida oʻsishda davom etishi kutilmoqda. YTTB press-relizida qayd etilishicha, 2022-yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga oʻsishga erishgan, bu tashqi va ichki talab sharoitlarining sezilarli yaxshilanganini, jumladan, pul oʻtkazmalari ikki baravardan ziyod oshganini koʻrsatadi. Iqtisodiyot 2023-2024-yillarda xorijiy investitsiyalar, kompaniyalar va jismoniy shaxslarning kirib kelishi, yaxshi boshqariladigan xususiylashtirish va ishbilarmonlik muhiti islohotlari natijasida 6,5 foizga oʻsishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер