Eski Yakkabogʻda yirik quyosh elektr stansiyasi qurilmoqda
Foto: “Xalq soʻzi”
Yakkabogʻ tumanining Eski Yakkabogʻ mahallasida 5 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi.
“Green Energy Yakkabog” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaning umumiy qiymati 5 million AQSH dollarini tashkil etadi.
— Ayni vaqtda Xitoydan qiymati 1 million AQSH dollari qiymatidagi quyosh panellari va uskunalarni olib kelib, mahalla hududidagi 11,5 gektar adirlikka oʻrnatishni boshladik, — deydi tadbirkor Masrur Badalov. – Joriy yil yakuniga qadar loyihaning 1 MVt quvvatga ega boʻlgan qismi ishga tushirilishi rejalashtirilgan. 2025-yilning birinchi choragi yakuniga qadar esa 5 MVt quvvatli quyosh elektr stansiyasi toʻliq qurib bitkaziladi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring