Ertangi kunimiz egalari boʻlgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi — Shavkat Mirziyoyev

16:23 11 Aprel 2023 Siyosat
1150 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan yigʻilish boshlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

- Barcha rahbarlar bir narsani bilib olsin: ertangi kunimiz egalari boʻlgan yoshlar bilan ishlash – biz uchun hayot-mamot masalasi! Biz yoshlarga bugundanoq sharoit qilib bermasak, ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inqilobiy tashabbuslarni ilgari surmasak, Yangi Oʻzbekistonni qanday barpo qilamiz? – dedi davlatimiz rahbari soʻzining avvalida.

Oʻtgan davrda yoshlar siyosati boʻyicha ishlarni mahallada tashkil etish boʻyicha mutlaqo yangi vertikal boshqaruv tizimi yaratildi. 9 ming 400 ta mahallaga fidoyi va tashabbuskor oʻgʻil-qizlardan iborat yoshlar yetakchilari tanlab olindi. Mahallada bu tizim orqali yoshlarga 100 dan ortiq imkoniyat yaratildi. Oʻtgan yilning oʻzida:

- yoshlar tadbirkorligi uchun 4 trillion soʻm kredit ajratilib, 150 mingta loyiha ishga tushdi, 325 mingta ish oʻrni yaratildi;

- 43 ming gektar ekin maydoni ajratilib, 435 ming yoshlar bandligi taʼminlandi;

- 32 mingdan ziyod yoshlarga subsidiya ajratilib, ularga asbob-uskuna, mehnat qurollari va kompyuter olib berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер