Ertaga yurtimizda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi
Ertaga, 26-fevral kuni O‘zbekistonda navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi!
Bu kun jamoat transportidan foydalanish, velosipedda yurish yoki shunchaki piyoda sayr qilish uchun ajoyib imkoniyatdir. Bunday tanlov yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirish, havoning ifloslanishini pasaytirish va shaharlarimizni yashash uchun yanada qulay qilishga yordam beradi.
Transport vazirligi faollari keng jamoatchilikni “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga qo‘shilib, toza havo va atrof-muhit farovonligiga hissa qo‘shishga chorlamoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring