Ertaga Sharja va Moskvaga charter reyslar amalga oshiriladi

11:32 02 Iyun 2020 Jamiyat
1079 0

Ertaga, 3-iyun “Toshkent - Sharja - Toshkent” va “Toshkent - Moskva – Toshkent” yoʻnalishlarida charter reyslar tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar roʻyxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu roʻyxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

"Roʻyxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qoʻyiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin boʻladi.

Oʻzbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam boʻlmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi" deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent – Moskva – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер