Ertaga qisman Quyosh tutilishi kuzatiladi
Foto: Illustrativ foto
Shu yilning 25-oktyabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatishi mumkin. Uning umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq boʻlib, Oʻzbekistonda uning 2 soatdan ziyodroq qismi kuzatiladi.
Quyosh yuzasining deyarli 82 foizi Oy tomonidan toʻsiladi, Oʻzbekiston hududidan qaralganda — 68 foizi. Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga toʻgʻri keladi.
Eslatib oʻtamiz, durbin yoki teleskopdan foydalanib zinhor Quyoshga qaramang! Bu koʻzga zarar yetkazadi. Qurilmalardan foydalanishdan avval ularga maxsus Quyosh filtrlarini oʻrnatish kerak.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring