Ertaga ob-havo qanday boʻladi?

21:12 28 Aprel 2020 Jamiyat
1277 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 28-aprel kuni Oʻzbekistonda ob-havo qanday boʻlishini maʼlum qildi.

Toshkent shahri. Havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15...+17 daraja, kunduzi +23...+25 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +13...+18 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻ hududlarida (2000 m dan yuqorida) qor koʻchishi xavfi bor. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +7...+12 daraja, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер