Ertaga ob-havo qanday bo'ladi?

15:34 15 Iyun 2020 Jamiyat
923 0

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 16-iyun kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+22 daraja, kunduzi +36...+38 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyati. Havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutimaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +30...+35 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, baʼzida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +19...+24 daraja, kunduzi +37...+42 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +12...+17 daraja, kunduzi +23...+28 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер