Ertaga nostrifikatsiya boʻyicha navbatdagi test sinovlari oʻtkaziladi

15:14 05 Dekabr 2023 Jamiyat
467 0

2023-yil 6-sentabr kuni xorijiy davlatda oliy taʻlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) boʻyicha navbatdagi test sinovlari boʻlib oʻtadi.

Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar roʻyxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan quyidagi havolada tanishish mumkin: t.me/NostrifikatsiyaBBA/16.

Test sinovlari talabgorlarga qulay boʻlishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin boʻlgan respublikaning 6 ta hududida tashkil etiladi.

Test sinovi oʻtkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikat...

Talabgorlar imtihon oʻtkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер