Mashinada koronavirus yuqtirib olmaslik uchun nima qilish kerak?

11:55 04 Aprel 2020 Jamiyat
1175 0

Ekspert-virusologlar, shuningdek, sogʻliqni saqlash va avtomobil sohasidagi mutaxassislar mashina boshqarish vaqtida koronavirusni yuqtirib olmaslik boʻyicha bir qator maslahatlar berdi.

1. Kamroq joyga tashrif buyurish. Yoʻnalish davomida yoki turargohlarda boshqa insonlar bilan oʻrnatilgan aloqa vaqtida infeksiyani yuqtirib olish ehtimoli yoʻq emas;

2. Yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi pistoletdan foydalanishga ehtiyot boʻlish kerak — bu virus saqlanadigan “iflos” joylardan biri hisoblanadi. Yoqilgʻi quyish shoxobchasida xodimlar boʻlmagani sabab mustaqil quyishga toʻgʻri kelib qolsa, ishni bajarib boʻlgandan soʻng, albatta, qoʻlni yuvish kerak. Shu sababli avtomobilda doim suv va sovun, shuningdek, dezinfeksiyalovchi salfetka olib yurish lozim;

3. Maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar bilan qoʻlni tez-tez artib yoki yuvib turishdan uyalmaslik kerak. Bundan tashqari, yuz va koʻzga imkon qadar umuman teginmaslik tavsiya etiladi;

4. Yoʻlovchilar sonini cheklash lozim. Bunga alohida izoh berib oʻtirish ham shart;

5. Salon ichidagi koʻp qoʻl tegadigan yuzalarni dezinfeksiyalovchi vositalar va salfetkalar bilan artib turish kerak. Masalan bular orasida rul, uzatmalar qutisini boshqaruvchi selektor, tirsakqoʻygich, magnitola, rul ortidagi tutqichlar va xavfsizlik kamari kiradi. Har ehtimolga qarshi qurilmalar panelini ham artib turish tavsiya etiladi;

6. Qoʻlga ilingan narsani mashinada tashimaslik kerak. Har ehtimolga qarshi qoʻlda nima borligini, kimdan olingani va qayerga qoʻyish kerakligini — salon yoki yukxonaga — hisobga olish lozim. Imkoni boʻlsa, har bir yukni dezinfeksiyalash kerak. Yuk yetkazib berilganidan soʻng u turgan joyni ham yaxshilab artib tashlash zarur. Bu ortiqcha harakatdek tuyulishi mumkin, biroq hozir oʻzni ehtiyot qilish va gigiyenaga qatʼiy rioya qilish vaqti;

7. Har safar biror joyga borishdan oldin salonni shamollatish darkor;

8. Avtomobilda haydovchidan boshqa odam boʻlsa, yuqorida sanab oʻtilgan ishlarni u ham bajarishi kerak;

9. Karshering (qisqa muddatga avtomobil ijarasi)dan foydalangan odam doimo gigiyena qoidalariga rioya qilishi kerak, chunki mashinani bunga qadar kim boshqargani va unda koronavirus boʻlgan yoki boʻlmaganligi nomaʼlum.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер