16 maydan Toshkent hayvonot bogʻi oʻz faoliyatini qayta boshlaydi
Toshkent shahridagi hayvonot bogʻi 16-may, shanba kunidan qayta ochilishi sababli ota-onalar va ularning farzandlarini oʻz bagʻriga chorladi.
“Hayvonot bogʻimizdagi jonivorlar: jirafalar, begemotlar, fillar va boshqa hayvonlar sizlarni sogʻingan va uchrashuvni intiq boʻlib kutmoqda. Biz esa sayohatni sevuvchi yosh tashrif buyuruvchilar yuzida tabassum va quvonchni koʻrmoqchimiz. Hayvonlar saltanatiga tashrif buyurib unutilmas taassurotlarga ega boʻlasiz, degan umiddamiz. Sizlarni katta-kichik, ajoyib mavjudotlar jamlangan hayvonot bogʻimizda kutib qolamiz”, — deyiladi Toshkent hayvonot bogʻining “Telegram”dagi kanalida.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent hayvonot bogʻi 19-martdan boshlab koronavirus sabab vaqtinchalik yopilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring