Erondagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarining 70 foizi kiberhujum tufayli ishdan chiqqan
Foto: Arxiv surat
Erondagi yoqilgʻi quyish shoxobchalarining deyarli 70 foizi kiberhujum natijasida bugun oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Yoqilgʻi quyish shoxobchasidagi muammoga “dasturiy taʼminot muammosi” sabab boʻlgan. Eron neft sanoati vazirligining maʼlum qilishicha, yoqilgʻi quyish shoxobchalarining 30 foizdan ortigʻi hamon ishlamoqda. Mamlakatda 33 mingga yaqin yoqilgʻi quyish shoxobchalari mavjud.
Kiberhujum ortida “Gonjeshke Darande” yoki “Yirtqich chumchuq” nomi bilan mashhur boʻlgan xakerlar guruhi boʻlishi mumkinligi gumon qilinmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring