Eronda yuz bergan portlash oqibatida 70 nafardan ortiq odam jarohat oldi
Arxiv surat
Eronning Firuzobod yaqinida joylashgan zavodda yuz bergan portlash oqibatida 72 kishi tan jarohati olgan.
Erondagi zavodda yuz bergan portlashda 72 kishi jarohat oldi. Mahalliy “Tasnim” axborot agentligi xabariga koʻra, hodisa mamlakat janubidagi Fors viloyatidagi Firuzobod shahri yaqinida yuz bergan.
Qayd etilishicha, portlash sodir boʻlgan korxona natriy karbonat ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. Maʼlumotlarga koʻra, hozirda voqea joyida favqulodda yordam xodimlari ammiak sizib chiqishi xavfini kamaytirishga harakat qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring