Eronda oʻn qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Arxiv surat
Eronning janubi-gʻarbidagi Xuziston viloyatida joylashgan Abadan shahrida oʻn qavatli ofis binosi qulab tushdi. Hodisa oqibatida bir kishi halok boʻlgan. Bu haqda mahalliy "Tasnim" agentligi xabar bermoqda.
Jurnalistlarga koʻra, Amiriy koʻchasida joylashgan binoning bir necha qismi qulab tushgan. U yerda boʻlgan xodimlar evakuatsiya qilingan. Hodisa oqibatida 4 kishi tan jarohati olgan va ular zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Jabrlanganlardan biri vafot etgan. Shuningdek, bino yonida turgan mashinalarga ham talafot yetgan.
Oʻtgan yilning iyun oyida Amerikaning Surfsayd shahridagi koʻp qavatli binoning qulab tushishi oqibatida 30 nafarga yaqin odam halok boʻlgan edi, koʻplab turar joy binolariga zarar yetgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring