Eronda koronavirus boʻyicha antirekord qayd etildi
Eronda bir sutkada koronavirus sabab 158 kishi vafot etdi. Bu mamlakat uchun rekord sanaladi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ayni paytga kelib Eronda 55743, kishi virus yuqtirgan, 3452 kishi vafot etgan.
Eslatib oʻtamiz, COVID-19 11-mart kuni JSST tomonidan pandemiya deb tan olingan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring