Eronda 40 kundan beri internet yoʻq

15:47 10 Aprel 2026 Dunyo
368 0

Eronda internet aloqasi qariyb 41 kundan beri deyarli toʻliq mavjud emas. Bu haqda TASS NetBlocks tashkilotiga tayanib xabar bermoqda.

“Eronda internetning oʻchirilishi 42-kun, yaʼni 984 soatdan beri davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Bundan oldin NetBlocks butun dunyodagi kuzatuvlar tarixida mamlakat miqyosidagi eng uzoq davom etgan blokirovka ekanini qayd etgan edi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Amerika yetakchisi Donald Tramp Hoʻrmuz boʻgʻozi zudlik bilan ochilishi sharti bilan AQSH Eronni bombardimon qilishni ikki haftaga toʻxtatishini maʼlum qilgan edi.

Eron hukumati sulhga roziligini tasdiqladi. Tehronning rasmiy bayonotida aytilishicha, mamlakat “buyuk gʻalabaga erishdi va jinoyatchi Amerikani oʻzining oʻn banddan iborat rejasini qabul qilishga majbur etdi”.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi alohida xabarida ikki hafta davomida kemalar Eron harbiylari bilan oʻz harakatlarini muvofiqlashtirgan holda Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtishlari mumkinligini tasdiqladi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu maʼmuriyati yahudiy davlati AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron bilan ikki haftalik sulh tuzish qarorini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер