Eron oliy rahnamosining kuyovi va kelini raketa hujumi oqibatida halok boʻldi — OAV

00:06 01 Mart 2026 Dunyo
1137 0

AQSH va Isroil tomonidan Tehronga uyushtirilgan raketa hujumlari oqibatida Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning kuyovi va rafiqasi halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Kontext” Telegram-kanali.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Oyatulloh Ali Xomanaiyning oʻzi harbiy operatsiyalar markazida turibdi va qarshi hujumlarni boshqarmoqda.

Oʻz navbatida, AQSH Markaziy qoʻmondonligi Eronning javob zarbalari natijasida jiddiy zarar yetmaganini maʼlum qildi. Hozirda Amerika harbiylari orasida qurbonlar borligi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar mavjud emas.

Avvalroq, Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroil hamda AQSH tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida halok boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan, mamlakat tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa ushbu xabarlarni rad etgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер