Eron Isroil AQSH roziligisiz hujum qilishga jurʼat etmasligini aytdi

20:48 10 Fevral 2026 Dunyo
488 0

Isroil Eronga AQSH bilan kelishmasdan turib hujum qilishga jurʼat etmaydi. Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bagoiy maʼlum qildi. Uning soʻzlarini TASS keltirdi.

“Tajriba shuni koʻrsatadiki, Isroil rejimi tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar, albatta, AQSHning roziligi va hamkorligi bilan bajariladi. Shuning uchun, agar tajovuz sodir etilsa, Eronning javobi ularni qilgan ishidan qattiq afsuslantiradi”, — dedi u.

Avvalroq Donald Tramp Eron tomon “ulkan armada” yoʻl olganini maʼlum qilgan edi. Amerika tomoni Tehron muzokaralar stoliga oʻtib, yadroviy quroldan toʻliq voz kechishni nazarda tutuvchi adolatli va teng huquqli kelishuv tuzishiga umid bildirgan.

Shu bilan birga, AQSHda “keyingi zarba yanada kuchliroq boʻladi” degan ogohlantirish ham yangradi. Bu bayonot 2025-yil yozida Islom respublikasiga berilgan zarbalarga ishora sifatida aytilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер