Eron hukumati Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtish uchun haq undirish toʻgʻrisidagi qonunni tayyorladi
Eron parlamenti yaqin orada qabul qiladigan yangi qonunga muvofiq, Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali kemalarning oʻtishi pullik boʻladi. Bu haqda Majlisning milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qoʻmitasi aʼzosi Alaeddin Borujerdi maʼlum qildi, uning soʻzlarini SNN telekanali keltirmoqda.
— Biz Hoʻrmuz boʻgʻozini toʻliq nazorat qilamiz. Tez orada Majlis tomonidan qonun loyihasi qabul qilinishi bilan ushbu suv yoʻlida yangi tizim hukmronlik qiladi. Xavfsizlikni taʼminlash va kemalarga xizmat koʻrsatish qonun loyihasida koʻzda tutilgan yigʻimlar yordamida amalga oshiriladi, — deb taʼkidladi u.
Bundan oldin Eron parlamentining obodonlashtirish qoʻmitasi rahbari Muhammad Rizo Rizoi Kuchi ham mamlakat parlamenti Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali oʻtadigan kemalardan haq undirish toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilishini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring