Eron beshta arab davlatidan tovon puli talab qildi

11:41 14 Aprel 2026 Dunyo
238 0

Eron “AQSH va Isroilning Eronga qarshi urushidagi ishtiroki” uchun beshta arab davlatidan tovon puli talab qilish niyatida. Bu haqda Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy bayonotiga tayanib, Eron OAVlari xabar bermoqda.

Iravoniyning taʼkidlashicha, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni Eron oldidagi xalqaro majburiyatlarini buzgan va yetkazilgan “barcha moddiy va maʼnaviy zararni” qoplashi kerak. Shu bilan birga, u tovon pulining aniq miqdoriga toʻxtalmadi.

Eslatib oʻtamiz, 28-fevral kuni AQSH va Isroil Islom Respublikasiga qarshi harbiy operatsiya boshlagan edi. Eron esa Tehron tomonidan Qoʻshma Shtatlarning ittifoqchisi deb hisoblangan Fors koʻrfazi davlatlariga raketa va dronlar bilan hujum qildi. Eron zarbalaridan, jumladan, Bahrayn, Iordaniya, Qatar, BAA va Saudiya Arabistoni jabr koʻrgan.

Xorijiy OAV maʼlumotlariga koʻra, 1,5 oylik urush davomida Eron iqtisodiyotiga 140–145 milliard dollar miqdorida zarar yetkazilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер