Yerning 30 foizini suv bosishi mumkin — iqlimshunos olim insoniyatni global falokatdan ogohlantirmoqda

23:18 16 Yanvar 2022 Dunyo
1875 0

Foto: Reuters

Agar keyingi 30 yil ichida Yerdagi oʻrtacha harorat bir yarim darajadan koʻproq koʻtarilsa, insoniyatni halokatli tabiiy ofatlar kutmoqda. Xuddi shunday farazni V. I. Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti Agrotexnologiya akademiyasi dotsenti Vladimir Ryabov ilgari surmoqda.

Olimning taʼkidlashicha, soʻnggi 40 yil ichida sayyoramizda isish har qachongidan ham yuqori boʻlgan. Yaʼni oʻrtacha harorat ikki darajaga oshgan. 

“Iqlimning tez oʻzgarishi tabiiy ofatlarga sabab boʻladi. Oʻzgarishlar qanchalik global boʻlsa, ofatlar shunchalik xavfli boʻladi”, — deydi ekspert. U, shuningdek, abadiy muzliklarning erishi bunday jarayonning boshlanishi boʻlishi mumkin, degan fikrni bildirmoqda.

“Bu holda Yerning 30 foizi suv ostida qoladi”, deydi Ryabov. Uning soʻzlariga koʻra, gap bu yerda aholi zich joylashgan hududlar haqida bormoqda.

Avvalroq, NASA va Gavayi universiteti olimlari Oy orbitasida kutilayotgan oʻzgarishlar yaqin oʻn yillikda Yerda rekord darajadagi toshqinlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

Jumladan, 2021-yil iyul oyida Gʻarbiy Yevropada kuchli yogʻingarchiliklar 20 yil ichidagi eng kuchli suv toshqinlariga sabab boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер