Yerni oʻzboshimchalik bilan egallash holati haqida xabar berganlar 27 ming soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi

14:14 15 Aprel 2022 Jamiyat
640 0

Foto: Arxiv surat

Hukumat qarori bilan Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga muvofiq, yer nazorati hokimliklar tomonidan, Kadastr agentligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya qoʻmitasi tomonidan oʻtkaziladi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga koʻra 10 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi:

— yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

— elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

— yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga koʻra;

— OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

— sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

Maʼlum qilinishicha, endilikda yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming soʻm) miqdorida ragʻbatlantiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер