Yerni oʻzboshimchalik bilan egallab olgan fuqarolar maʼmuriy javobgarlikka tortilmoqda

12:51 14 Noyabr 2023 Jamiyat
418 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Keyingi yillarda respublikamizda yer ajratishda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga amal qilinayotgan bir paytda afsuski, uni talon-toroj qilish, oʻzboshimchalik bilan egallab olish kabi holatlar uchrab turibdi. Bunga joriy yilning oʻtgan davri mobaynida Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi, uning tuman, shahar boʻlimlari tomonidan 1994 ta holatda 133,5 gektar yer maydoni noqonuniy ravishda oʻzlashtirib olingani aniqlangani misol boʻla oladi.

— Fuqarolar tomonidan asosan qishloq xoʻjaligi, aholi punktlari, suv fondi, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik obyektlarda yerlarni talon-taroj qilish koʻproq kuzatilmoqda, – deydi boshqarma bosh mutaxassisi Fazliddin Patiddinov. — 998 ta holatda noturar-joy, 589 ta uy-joy qurish, 118 tasida esa daraxt koʻchatlarini ekish kabi yerni noqonuniy egallab olish kuzatilgan boʻlsa, 286 ta holatda qonunga zid ravishda boshqa maqsadlarda foydalanib kelingani aniqlandi.

Yuzaga kelgan salbiy holatlar natijasida 3 ming 971 nafar huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Hozirda bu kabi oʻzboshimchalik bilan qilingan xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida targʻibot ishlari olib borilmoqda hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni oʻrganish va bartaraf etish ishlari davom etmoqda.

Mavludaxon QODIROVA,

jurnalist.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер