Erkin va farovon hayotimiz asosi
Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, Asosiy Qonunimizning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini keng targʻib qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi munosib xizmatlari uchun Xorazm viloyatidan ham turli soha vakillaridan bir guruhi “Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Bugun viloyat hokimligida oʻtkazilgan yigʻilishda ushbu mukofot oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Shundan soʻng bayram tadbirining badiiy qismi viloyat musiqali drama teatrida davom etdi. Xorazm viloyat hokimi Farhod Ermanov barcha-barchani qutlugʻ sana bilan tabriklab, Konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan oʻrniga alohida toʻxtaldi. Bosh Qomusimiz mamlakatimizda inson qadri, uning erkin va baxtli-saodatli hayotini taʼminlash, huquq va manfaatlarini kafolatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mustahkam asosi ekanini taʼkidladi.
Bayram tadbiri sanʼat ustalari va ijrochi yoshlar tomonidan tayyorlangan badiiy-musiqiy dastur bilan davom etdi.
Odilbek Odamboyev, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring