Yerga uchta xavfli asteroid yaqinlashmoqda
Sayyoramizga “potensial xavfli” deb tasniflanuvchi uchta asteroid yaqinlashmoqda.
Bu haqda “NASA«ning Yerga yaqin obyektlarni oʻrganish markazi xabar berdi.
Hisob-kitoblarga koʻra, kosmik toshlar 25-dekabr kuni sayyoramiz oldidan xavfsiz tarzda uchib oʻtadi. Ulardan eng kattasi uch million kilometrgacha yaqinlashadi, uning diametri taxminan 200 metrga tengdir.
Taʼkidlanishicha, Yerga soʻnggi marta 2020-yil yanvarida yaqinlashgan 501647 (2014 SD224) nomi bilan tanilgan asteroid shu bilan 2021-yilning dekabrida yana sayyora yonidan uchib oʻtadi.
Maʼlumot oʻrnida, “NASA” “potensial xavfli” guruhiga 0,05 astronomik birlik ichida joylashgan hamda diametri 460 fut (taxminan 140 metrga teng) boʻlgan barcha kosmik obyektlarni kiritadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring