Yerga oʻt qoʻygan fermer 19 million soʻm jarima toʻlaydi

20:15 28 Iyun 2024 Jamiyat
562 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Jarqoʻrgʻon tumani “Eskiqishloq” mahallasi hududida joylashgan “FAYZ-AB” fermer xoʻjaligi ish yurituvchisi M.N tomonidan oʻzboshimchalik bilan gʻalladan boʻshagan 10 gektar yer maydoni yoqib yuborildi.

Surxondaryo viloyati ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, qonunbuzarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 88-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 million 642 ming 234 soʻm miqdorida tabiatga yetkazilgan (yer) zarar hisoblandi. Endi yerga oʻt qoʻygani uchun u salkam 19 million soʻm jarima toʻlaydi.

Yodda tuting, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 62-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar” deb belgilab qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер