Erdoʻgʻon uchinchi marta Turkiya prezidentligiga oʻz nomzodini qoʻyadi
Foto: www.tagesspiegel.de
Turkiya yetakchisi Rejep Tayyib Erdoʻgʻon 2023-yilning iyun oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda uchinchi marta Turkiya prezidentligi uchun kurashadi. Bu haqda Milliy harakat partiyasi (MHP) rahbari Devlet Baxcheliga aytib oʻtdi.
Erdoʻgʻon saylovlarda hukmron Adolat va Taraqqiyot partiyasi (AKP) va MHPning birlashmasi boʻlgan “Xalq ittifoqi” partiyasidan vakillik qiladi. Baxcheliga koʻra, Erdoʻgʻonning qayta saylanishi uchun hech qanday toʻsiq yoʻq.
«Prezidentlikka nomzodimiz aniq, bu Rejep Tayyip Erdoʻgʻon. 2023-yil iyun oyida boʻlib oʻtadigan saylovlarda janob Erdoʻgʻonning katta farq bilan gʻalaba qozonishiga ishonaman. Prezident kamida uchinchi muddatga saylanishi uchun qoʻlimizdan kelganini qilamiz», deydi MHP rahbari.
Avvalroq, Turkiya rahbari va uning rafiqasi koronavirus yuqtirib olgani haqida xabar bergan edik. Erdoʻgʻon kasallikning yengil kechayotganini qayd etib, oʻz vazifalarini uydan turib bajarayotganini taʼkidladi.
Maʼlumot uchun aytib oʻtamiz, 67 yoshli Rejep Tayyip Erdoʻgʻon 2014-yilning 10-avgust kuni boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida gʻolib chiqib, 28-avgustdan davlat rahbari vazifasini bajarishga kirishgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring