Erdoʻgʻon turk armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylantirish rejalarini maʼlum qildi
Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdoʻgʻon mamlakat armiyasini dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanmaguncha kuchaytirishda davom etishini aytib oʻtdi. Bu haqda mahalliy «Anadolu» agentligi xabar bermoqda.
“Biz armiya dunyodagi eng kuchli armiyaga aylanmaguncha uni kuchaytirish boʻyicha rejalarni davom ettiramiz”, dedi u juma kuni Istanbuldagi Milliy Mudofaa Universitetida soʻzlagan nutqida.
Erdoʻgʻonning soʻzlariga koʻra, turk armiyasining soʻnggi yillarda erishgan muvaffaqiyatlari, xususan, terrorizmga qarshi kurashda uni dunyodagi eng kuchli armiyalar qatoriga kiritish uchun allaqachon asos boʻlmoqda.
“Terrorizmga qarshi kurash bu tahdid toʻliq bartaraf etilmaguncha davom etadi”, dedi Erdoʻgʻon.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring