Erdogʻan Turkiyada yirik neft koni topilganini maʼlum qildi
Foto: «Anadolu»
Turkiyaning janubi-sharqida 150 million barrel zaxiraga ega yirik neft koni topildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan maʼlum qildi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.
Kon Shirnak viloyatidagi Gabar togʻi hududida topilgan. “Bu 2022-yilda quruqlikda topilgan eng yirik oʻnta kondan biridir”, deydi Erdogʻan. Uning soʻzlariga koʻra, zaxiralarning qiymati taxminan 12 milliard dollarga baholanmoqda.
Shu yilning 6-dekabr kuni mahalliy «Sabah» gazetasi Erdogʻan tez orada Shirnakdagi neft konlari topilganini maʼlum qilishini yozgan edi. Gabar togʻi yaqinidagi hududda xom ashyo ishlab chiqarishning mumkin boʻlgan hajmi oʻsha paytda kuniga 5000 barrelga baholangan va uni 20000 barrelga yetkazish mumkin.
Joriy yilning iyun oyida Turkiya rahbari Adana shahridagi ikkita quduqda yuqori sifatli neft topilgani haqida xabar bergan edi. Uning taʼkidlashicha, uning zaxiralari bir milliard dollarga baholanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring