Erdogʻan Isroilni qoʻllab-quvvatlab olovga yogʻ quyishni bas qilishga chaqirdi

20:38 25 Oktyabr 2023 Dunyo
575 0

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan mintaqadan tashqari oʻyinchilarni Isroilga yordam berish orqali Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni keskinlashtirmaslikka chaqirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

“Mintaqadan tashqari aktyorlar Isroilni qoʻllab-quvvatlab olovga yogʻ quyishni bas qilishlari kerak”, dedi Turkiya rahbari.

U, shuningdek, Tel-Avivni Gʻarbiy Sohildagi “joylashuv terrorida” aybladi, bu esa Falastin hududlarini yahudiy jamoalari bilan joylashtirish siyosatiga ishora qiladi.

Avvalroq, Turkiya yetakchisi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqotda Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilib, Gʻarb davlatlarining sukut saqlashi Gʻazo sektorida gumanitar inqirozga olib kelganini aytib, Anqara mintaqada osoyishtalikni taʼminlash uchun barcha saʼy-harakatlarini davom ettirishini taʼkidlagandi.

Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va Isroil hududiga havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan. Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi.

Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi. Isroil havo kuchlari Gʻazo sektoriga yuzlab zarbalar berdi. Ushbu hududga suv, oziq-ovqat, elektr va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер