Yerda toʻsatdan 6 balli magnit boʻroni boshlandi

17:14 28 Avgust 2024 Jamiyat
277 0

Illyustrativ foto

Bugun, 28-avgust kuni yerda toʻsaddan 6 balli magnit boʻroni kuzatilyapti. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov maʼlum qildi.

Iqlimshunoslar 28-avgust kuni kuzatilayotgan magnit boʻroni prognoz qilinmaganini aytyapti. Magnit boʻroni vaqtida jismoniy zoʻriqishdan qochish, dam olish va toʻgʻri ovqatlanishga amal qilish tavsiya etiladi.

Foto: UzbMeteo

Ilmiy hamjamiyatlar doimiy ravishda bunday paytda qanday harakatlanish haqida turli yoʻriqnomalar ishlab chiqsa ham, har bir kishi magnit boʻronlarga ruhan tayyor boʻlishi va bunday hodisalar paytida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xavflarni qanday kamaytirishni bilishi muhimdir. Shunday ekan quyidagi havolada beradigan 5 ta maslahat sizga foydali boʻladi degan umiddamiz.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер