Yerda kuchli magnit boʻroni boshlandi
Yerda G3 darajadagi kuchli magnit boʻroni boshlandi. Bu haqda “Fobos” ob-havo markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu boʻron bugun kun davomida kuzatiladi, uning shiddati oʻzgarib turishi kutilmoqda.
Maʼlumot uchun, magnit boʻronlari bir vaqtda Yer yuzining yirik maydonlarida kuzatiladi va koʻpchilik buni his qiladi. Ayniqsa yurak-qon tomir, asab sohasining surunkali kasalliklariga ega insonlar bu jarayonlarni ogʻir oʻtkazishadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring