Yerda kuchli magnit boʻroni boshlandi

07:42 29 Iyun 2024 Dunyo
477 0

Foto: TASS

Olimlar Yerda juda kuchli magnit boʻroni boshlanganini qayd etdi. Bu haqda «TASS» Rossiya amaliy geofizika institutining kosmik ob-havo monitoringi markaziga tayanib xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, hozirgi vaqtda Yer magnit maydonidagi buzilish darajasi besh ballik monitoring shkalasi boʻyicha G4 sifatida baholanadi va bu «juda yuqori» darajaga toʻgʻri keladi.

Maʼlumot uchun, may oyi boshida Yerda 2005-yildan beri ilk bor eng kuchli magnit boʻroni yuz berdi. U 11-mayga oʻtar kechasi G5, yaʼni ekstremal darajaga yetgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер