Yer maydonlari va savdo doʻkonini sotish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.M. oʻziga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ajratilgan yer maydonining 15 sotixini fuqaro G.Z.ga 21 000 AQSH dollari evaziga tanishlari yordamida noturar joy sifatida kadastr hujjatlarini tayyorlab berishini aytib, oldindan 15 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi Departamentning Chilonzor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.Yu. va B.S. ijara shartnomasi asosida foydalanib kelgan Chilonzor dehqon bozori balansidagi doʻkonni fuqaro T.Yu.ga firibgarlik yoʻli bilan 4 000 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Piskent tuman boʻlimi va Toshkent viloyati IIBB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. “Lolaariq” MFYda joylashgan bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatiga qarashli 6 sotix yer maydonini fuqaro M.Sh.ga 3 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, shundan 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.X. Davlat kadastrlar palatasining tuman filiali yerlarini auksionga chiqarish mutaxassisi A.T. bilan oʻzaro til biriktirib fuqaro Sh.A.ga “Islomobod” mahallasi hududidan oʻtgan M34 avtomobil yoʻli boʻyida joylashgan 50 kv.m oʻlchamdagi yer maydonini yengil tipdagi savdo doʻkoni qurish uchun “E-AUKSION” elektron savdo platformasiga joylashtirishi va yutib berishi evaziga 900 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring