Yer maydonlari savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Foto: IJQK departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Andijon viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Asaka tumanidagi “B.D.” fermer xo‘jaligi rahbari R.U. va fuqaro A.S. o‘zaro til biriktirib, 2 nafar fuqaroga boshqa fermer xo‘jaligiga qarashli 12 sotix yer maydonini 15 600 AQSH dollariga uy-joy qurish uchun sotishga kelishib, tanishlari yordamida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, 10 200 AQSH dollari va 63 mln so‘mni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.Q. fuqaro D.O.ga tanishlari yordamida 10 000 AQSH dollari evaziga Kosonsoy tumani “Gʻo‘rmiron” MFYdagi “Q.Sh.” fermer xo‘jaligiga qarashli 1 gektar yer maydonini chorvachilik yo‘nalishida foydalanish uchun hujjatlarini rasmiylashtirib berishini aytib, 5 000 AQSH dollari va 11,7 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring