Yer maydoni savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi

18:59 28 Noyabr 2023 Jamiyat
247 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.M. Urgut tumanidagi “Q.” MFY hududidan 50 sotix zaxiradagi yer maydonini fuqaro Z.I.ga 97 000 AQSH dollariga firibgarlik yoʻli bilan sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarni rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 31 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

B.M.ning koʻrsatuviga asosan davom etgan tadbirda Davlat kadastrlar palatasi Urgut tumani filiali boʻlimi muhandisi N.N. yuqoridagi yer maydonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер