“Yer haydasang kuz hayda...

09:59 11 Noyabr 2020 Iqtisodiyot
2717 0

...kuz haydamasang yuz hayda”, — degan naql bor xalqimizda. Darhaqiqat, kuzda haydalgan yerning ozuqalik quvvati yuqori boʻlib, bu mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois ayni damlarda hududlarda paxtadan boʻshagan maydonlarni shudgorlash ishlari davom etmoqda.

Oltinkoʻl tumanida 5 ming 235 gektar maydonda kuzgi shudgorlash ishlari bajarilmoqda. Buning uchun 12 ta otryad tashkil etildi. 36 ta haydov traktorlarining joylarda tizimli ish tashkillashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Mexanizatorlarning oylik maoshlari esa dalaning oʻzida tarqatilmoqda. 

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер