“ENTER Engineering” kompaniyasi xodimlari guruhli ovqatdan zaharlandi. Jami 65 kishi shifoxonaga yotqizildi

16:56 14 Dekabr 2019 Jamiyat
1755 0

Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan “ENTER ENGINEERING PTE. Ltd” kompaniyasining Gʻuzor tumanida joylashgan UZGTL loyihasi asosida tashkil etilgan shaharcha ishchilaridan 2019-yilning 13-dekabr kuni soat 8:30 dan 16:30 gacha viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 9 nafar va Nishon tez tibbiy yordam ilmiy markaziga 2 nafar ishchilar koʻngil aynishi, qayd qilish, ichni tez-tez ketishi, tana haroratini koʻtarilishi, sovuq qotish kabi kasallik belgilari bilan murojaat qilgan, oʻtkazilgan tibbiy koʻrikdan soʻng, ularga guruhli ovqatdan zaharlanish “Oʻtkir gastroenterit” tashxisi qoʻyilib shifoxonaga yotqizilganligi toʻgʻrisida birlamchi axborot berilgan edi.

Mazkur holat boʻyicha Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshchiligida shtab tashkil etilgan. Bu haqda vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi rahbari Furqat Sanayev oʻzining telegram kanalida maʼlum qildi.

Ovqatdan zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan isteʼmol qilgan ishchilar tuzilgan komissiya tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. 2019-yil 14-dekabr soat 7:00 holatida oʻtkazilgan tibbiy koʻrik davomida yana 54 nafar ishchilar faol aniqlanib shifoxonalarga olib kelingan. Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 49 nafar, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziy Qashqadaryo filiali Toksikologiya boʻlimida 10 nafar, Gʻuzor tuman yuqumli kasalliklar shifoxonasida 4 nafar, Nishon tuman tez tibbiy yordam boʻlimida 2 nafar jami 65 nafar bemorlar davolanmoqda. Bemorlarning 46 nafari ahvoli yengil, 19 nafari oʻrtacha, ogʻir bemorlar yoʻq. Dori darmonlar zaxiralari yetarli.

Bemorlardan olingan namunalar va zaharlanish kelib chiqishiga gumon qilingan taomdan olingan namunalarda laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur vaziyat toʻliq nazoratga olingan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер