Yengil avtomobillar importi qariyb 6 barobarga oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-fevral oylarida Oʻzbekiston 18 ta xorijiy davlatlardan qiymati 124,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilgan.
Yengil avtomobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.
Oʻzbekiston fevral oyida 2 911 ta yengil avtomobil import qilgan.
Oʻzbekistonga 2 oyda 228 ta elektromobil import qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring