Eng koʻp milliarderlar yashaydigan mamlakat maʼlum boʻldi
Ayni paytga kelib dunyoning eng koʻp milliarderlari istiqomat qiluvchi mamlakat Xitoy hisoblanadi. Negaki, keyingi bir yil ichida bu yerda 10 milliard dollardan koʻp sarmoyaga ega odamlar AQSHga qaraganda uch baravarga oshgan.
Bu haqda Xitoyning “Hurun” tadqiqot kompaniyasi hisobotida maʼlum qilindi.
Tahlilchilarning hisob-kitoblariga koʻra, 2020-yilning 31-yanvar holatiga koʻra Xitoyda, shu jumladan, Gonkong hamda Tayvanda milliarderlar soni yil davomida 182 taga koʻpaygan holda 799 taga yetgan. AQSHda esa milliarderlar soni 626 kishini tashkil etmoqda. Yil davomida ular 59 taga koʻpayishgan.
“Hozir Xitoyda milliarderlar soni AQSH va Hindistondagi milliarderlarni qoʻshib hisoblaganda ham koʻproq”, deydi “Hurun Report” raisi va bosh tahlilchisi Rupert Xugeverf.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring