Eng koʻp tugʻilish soni shaharlarda qayd etildi
Illyustrativ foto
2025-yilning yanvar-aprel oylarida, respublika boʻyicha 266 478 ta tirik tugʻilish holatlari FHDYO organlarida qayd etildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi.
Tugʻilishlarning shahar va qishloq joylar boʻyicha taqsimlanishida 136 060 nafar dunyoga kelish soni bilan shaharlar ustunlik qilgan. Qishloqlarda esa yil boshidan buyon 130 418 ta chaqaloq tugʻildi.
Shuningdek, qoʻmita 2025-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 5,8 million kvartiralar ichimlik suvi bilan taʼminlanganini xabar qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring