Eng chekka hududlarda ham sanoat rivojlanmoqda

17:00 06 Yanvar 2021 Jamiyat
982 0

Respublikamizning eng chekka hududlarida ham ishlab chiqarish korxonalarining barpo etilishi nafaqat, aholini doimiy ish joyi bilan taʼminlashga, balki, mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Paxtaobod tumanida 2020-yil davomida “OLTIN MATO GROOP”MCHJ tomonidan 7.8 mln. dollar miqdoridagi xorijiy investitsiya jalb qilish hisobiga kalava ip ishlab chiqarila boshlandi. Buning uchun 450 nafar mahalliy xotin-qizlar ishga jalb etildilar. Bundan tashqari, 110 milliard 810 million soʻmlik yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish imkonini beruvchi 7 ta sanoat korxonasi ishga tushirildi. Yaratilgan sharoit 1 ming 330 nafar ayol-qizning bandligini taʼminlab, ularning ijtimoiy holatini yaxshilash imkonini berdi.

Joriy yilning ilk kunlarida “Ideal textil” MCHJga korxonaning ish boshlashi tufayli tumandagi ishlab chiqarish korxonalari soni yana bittaga koʻpaydi.

- Avvallari ish qidirishga majbur edik, endilikda tanlash imkoniyatiga ega boʻldik,-deydi “Madaniyat” MFYda istiqomat qiluvchi Odinaxon Sotvoldiyeva. – Uyda tikuvchilik bilan shugʻullanganim bois doim ham daromad manbaiga ega emas edim. Hududimizda faoliyatini boshlagan korxonaning tashkil etilishi men kabi ayollar uchun ayni muddao boʻldi.

100 nafar ishchilarni oʻzida jamlagan korxonani barpo etish uchun 11 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. Natijada zamonaviy toʻquv, tikuv dastgohlari oʻrnatilib, bir yilda 1 million dona, yaʼni 5,5 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер