Energetika vazirligi binosida elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi oʻrnatildi
Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Vazirlik binosida quvvati 120 kVt boʻlgan elektromobillarni tezkor zaryadlash stansiyasi oʻrnatildi.
Ushbu zaryadlash qurilmasida bir vaqtning oʻzida 2 ta elektromobilni 50-80% zaryadlash uchun 25-30 daqiqa sarflanadi. Bu esa, oddiy zaryadlash stansiyalardan 20 barobar tezkordir.
Ahamiyatlisi, ushbu zaryadlash stansiyasi Energetika vazirligi binosining tom qismida ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni quvvatlaydi.
Eslatib oʻtamiz, Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutida quyosh energiyasidan foydalangan holda elektromobillarni yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilmalarni yaratish va rivojlantirish loyihasi amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring