Endilikda tashqi reklamalardan holi hududni shahar aholisining oʻzi tanlaydi
Poytaxtning qaysi hududlari tashqi reklamalardan holi boʻlishi kerakligini aniqlashda, Toshkent aholisi portaldagi yoki “Xalq nazorati” ilovasidagi soʻrovnomada qatnashishi mumkin. Amaldagi qonunga koʻra, madaniy meros obyektlari va davlat idoralari binolariga tashqi reklamani joylashtirilishi taqiqlanadi, ammo ushbu roʻyxat xalq fikrini inobatga olgan holda kengaytirilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Raqamli rivojlanish departamentining “Tashqi reklama” loyihasi boʻlimi tomonidan portalda hamda “Xalq nazorati” ilovasida Toshkentning tashqi reklamadan holi hududlarini kengaytirish boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring