Endilikda oʻgʻitlar va kimyoviy vositalar ham markirovkalanadi
Hukumat qarori bilan 8-aprel kuni mineral oʻgʻitlar va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini raqamli markirovkalash tartibi maʼqullandi.
Unga koʻra, kimyoviy vositalarni raqamli markirovkalash tajriba tarzida joriy yilning 1-mayidan yoʻlga qoʻyiladi va 31-oktyabrgacha davom etadi. Bu tartib 2026-yilning 1-mayidan boshlab majburiy amalga oshirila boshlanishi koʻzda tutilgan.
Loyiha doirasida barcha azotli, fosforli, kaliyli va kompleks oʻgʻitlar, mikrooʻgʻitlar va brommetan (metilbromid) markirovka qilinishi belgilanmoqda. Shu bilan birga, unda foydalaniladigan vositalar qatorida insektitsidlar, fungitsidlar, gerbitsidlar, oʻsimliklar oʻsishini boshqaruvchi va dezinfeksiyalash vositalari bor.
Tajriba loyihasida “Maxam-Chirchiq”, “Swissagro”, “Ifoda Agro Kimyo Himoya”, “Indorama Kokand Fertilizers and Chemicals” va “Schelkova Agrohim-Oʻzbekiston” kompaniyalari ishtirok etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring