Endi Turkmanistonda koronavirus haqida gapirish mumkin
Turkmaniston hukumati mahalliy shifokorlarga koronavirus haqida gapirishga, himoya qoʻlqoplari, kiyimlari va niqoblarida ishlashga ruxsat etdi.
Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlarga «Remantadin» dorisini buyurish tayinlandi.
Xabar berilishicha, Turkmanobod shahri kasalxonalarida kamida 13 nafar koronavirusga chalingan bemor bor.
Turkmanistonda koronavirus yoʻq, degan iddaoni tasdiqlash uchun ularni Xalqaro Sogʻliqni saqlash jamgʻarmasining bu mamlakatga qilinadigan vizitidan oldin boshqa joyga koʻchirish rejalashtirilmoqda.
«Xronika Turkmenistana» sayti xabariga koʻra, koronavirusga chalingan bemorlar tutib turilgan kasalxonada hozir hech kim qolmagan. Koʻpchilik bemorlar uylariga qoʻyib yuborilgan, ularga shifokorlar qarab turishadi. Yana bir necha kishi Garashsizlik mintaqasida joylashgan ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylangan.
JSST vakillari iyul oyida Turkmanistonga kelishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring