Endi “Top-100”ta oliygohga kirgan o‘g‘il-qizlarimizga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi
Bu haqda jizzaxlik saylovchilar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
“Dunyoning “Top-100”ta oliygohiga grantga kirayotgan
o‘g‘il-qizlarimiz soni tobora ko‘paymoqda. Mamlakatimizning “Oltin fondi” bo‘lgan ushbu iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz zarur.
Endi, ularga “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari qo‘shimcha imtihonlarsiz ajratiladi.
“Top-500”ta oliygoh grantini olgan farzandlarimizga aviachipta va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun har yili 200 million dollar ajratiladi”, – dedi nomzod.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring