“Endi sizning vaqtingiz”: Netanyahu Eron xalqiga murojaat qildi

01:19 01 Mart 2026 Dunyo
1033 0

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Eronga uyushtirilgan hujumlar yuzasidan bayonot berdi.

Isroil bosh vaziri nutqi davomida Erondagi rejimga qarshi namoyishchilarga qarata ular uchun yordam yetib kelganini taʼkidladi.

“Siz soʻragan yordam yetib keldi. Endi sizning vaqtingiz. Rejimni agʻdarish va ishni tugatish uchun koʻchaga chiqishingiz kerak”, — degan Netanyahu.

Bosh vazir, shuningdek, Eron rejimining Isroil davlati mavjudligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan hech qanday qurolga ega boʻlmasligi kerakligini qoʻshimcha qilgan.

“Bugun biz Eron yadroviy dasturiga aloqador bir nechta yirik rahbarlarni oʻldirdik. Nishonlarga zarba berishni davom ettiramiz”, — degan Isroil bosh vaziri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер