Endi navbat — oʻqishga!

12:57 16 Noyabr 2020 Jamiyat
975 0

Sifatli taʼlim uchun talabga mos maskan kerak. Shu bois Andijon viloyatidagi umumiy oʻrta taʼlim maskanlarida qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Jumladan, Jalaquduq tumanidagi 1 umumiy oʻrta taʼlim maktabida bunyodkorlik ishlari yakunlanib, bino foydalanishga topshirildi. Endi bu yerda 840 nafar oʻgʻil-qizlar zamonaviy sharoitlarga ega boʻlgan sinf xonalarida taʼlim olish imkoniga egalar.

— Maktabimiz nafaqat, tumanda, balki, viloyatda ham oʻz nufuziga ega, — deydi oʻquvchi Sohibaxon Ahmadaliyeva. — Yaratilgan bu sharoitlardan soʻng uning obroʻsini yana-da oshirishga harakat qilamiz. Chunki, maktabimizda taʼlim olish, qobiliyatimizni namoyish etish uchun barcha imkoniyatlar yaratildi.

Maskanda “Sifat madad qurilish” MCHJ tomonidan 5 mlrd. 334 mln. soʻmlik loyiha amalga oshirildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер